
Toshkentning Yunusobod tumanidagi bir nechta mahallada 20 oktyabr kuni gaz oʻchiriladi
20 oktyabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi «Minor» va «Iftihor» mahallalarining bir qismida gaz taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Cheklovlar soat 09:00 dan 18:00 gacha amal qiladi, deb xabar bermoqda «Xududgaz Poytaxt» matbuot xizmati. Mutaxassislar «Yangiariq» mahallasidagi Iftihor koʻchasida joylashgan yer osti gaz quvurini taʼmirlaydilar. Quvurning diametri 530 mm ni tashkil etadi. Gaz oʻchirilishi «Minor» mahallasining 6-mavzesidagi 32 ta koʻp qavatli uyga taʼsir qiladi. Shuningdek, 120 […]

