Mahalliy

O‘zbekistonda konsert va sport musobaqalariga chiptalarni elektron shaklda sotish taklif etildi

Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqqan qaror loyihasida chiptalarni belgilanganidan yuqori narxda qayta sotish va qalbakilashtirishning oldini olish nazarda tutilgan. Shuningdek, ruxsatnoma olinguniga qadar tadbirni reklama qilish va chipta sotishni taqiqlash taklif etilmoqda.

O‘zbekistonda konsert va sport musobaqalariga chiptalarni elektron tarzda sotish joriy etilishi taklif qilindi

O‘zbekistonda konsertlar, sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadbirlarga chiptalarni elektron shaklda sotish tartibi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqqan va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida aytiladi.

Loyihada 100 va undan ortiq kishi qatnashadigan konsertlar, sport musobaqalari, festivallar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish tartibi belgilangan.

Xususan, madaniy tadbirlar, ko‘ngilochar-tomosha dasturlari va sport musobaqalariga chiptalarni elektron shaklda sotish taklif etilmoqda. Bunda chiptalarni belgilangan narxdan yuqori bahoda qayta sotish va qalbakilashtirishning oldini olish maqsad qilingan.

Shuningdek, tashkilotchilarga tegishli ruxsatnoma olinmaguncha tadbir haqida e’lon berish, uni reklama qilish, o‘tkazilish sanasi va joyini ma’lum qilish hamda chipta sotishni taqiqlash nazarda tutilmoqda.

Qaror loyihasidagi qoidalar yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, to‘ylar, oilaviy va yubiley tadbirlari hamda vafot etganlar xotirasiga bag‘ishlangan aza marosimlari ham mazkur tartibdan mustasno bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasining jamoatchilik muhokamasi 20-noyabrga qadar davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.