Mahalliy

5 mln tonnalik paxta xirmoni: bunga qanday erişildi?

Özbekistonda 2026-yilda 5 million tonnadan ziyod paxta yiğib olindi. Bu – 2025-yil xirmonidan 1 mln tonnaga köp, va umuman mustaqillik yillarida qayd etilgan rekord natija. Hosildorlik gektariga 56,2 sentnerga yetdi. Qişloq xöjaligi vazirligi bu natijaga qanday erişilganini izohlovçi 8 ta omilni körsatib ötdi.

**5 mln tonnalik paxta xirmoni: bunga qanday erishildi?**

Paxta yetishtirishda 90 sm va 60 sm ekish sxemalaridan to‘liq voz kechilib, 76 sm qo‘shqator va yakkaqator ekish sxemasiga o‘tildi.

76*10 sm qo‘shqator ekish hisobiga ko‘chatlar soni gektariga 220-240 ming donaga, 76 sm sxemada ekish esa 160-180 ming donaga yetkazildi (oldin 1 gektarda 80-110 ming ko‘chat bo‘lgan).

76*10 sm qo‘shqator 670,7 ming ga (75%), 76 sm sxemasida 218,8 ming ga (25%).

Respublika bo‘yicha jami 603,8 ming gektarga (68%) kösak qurti va gerbitsidga chidamli xorijiy navlar hamda 285,7 ming gektarga (32%) tezpishar, tola sifati yuqori bo‘lgan mahalliy navlar ekildi.

Zamonaviy ilg‘or agrotexnologiya asosida paxta yetishtirishni kengaytirish maqsadida 305,2 ming gektar (o‘tgan yilga nisb. +124 ming ga ko‘p) maydonda “Şinjon” usulida chigit ekildi.

Paxtachilikda fermer va klasterlar tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan 8 ta muhim “qonun” ilmiy tavsiyalar asosida ishlab chiqilib, ushbu asosda paxta yetishtirildi.

Ular quyidagilar: ko‘chat qalinligi, ekish sxemasi, o‘simlikni boshqarish, oziqlantirish, g‘ozani pishirish, himoya zonalarini tashkil etish, dala madaniyatiga va qonunlarga rioya qilish, ekologik toza dala.

Paxtani jazirama issiqda suvsizlikka va zararkunandalarga chidamliligini oshirish maqsadida bor kislotasi va aspirin, achitqi (droja) hamda kremniy o‘g‘iti bilan ishlov berildi.

G‘ozani to‘laqonli pishib yetilishini tezlashtirish va hosildorlikni oshirishda yangicha yondashuv asosida ilmiy asosda tizimli ravishda 3 bosqichda defoliatsiya va desikatsiya tadbirlari tashkil etildi.

1-bosqich - etefon bilan ishlov berish orqali g‘ozani “qariş”ni jarayoni tezlashtirildi.

2-bosqich - yumshoq taʼsir etuvchi defoliantlar bilan defoliatsiya qilindi.

3-bosqich - qattiq taʼsir etuvchi preparatlar va desikant (dikvat+ion)lar bilan desikatsiya qilindi. Bunda kösaklarning to‘liq ochilishi jadallashdi hamda yaratilgan hosilni qisqa vaqt ichida yig‘ib olish imkoni yaratildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.