Mahalliy

Bir gektardan 60-70 sentner: Prezident Shinjon usulida paxta yetishtirishni ko‘zdan kechirdi

An’anaviy usulda bir gektar maydondan o‘rtacha 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida ushbu ko‘rsatkich 60-70

Bir gektardan 60-70 sentner: Prezident Shinjon usulida paxta yetishtirishni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Agroklaster Oltinko‘l» korxonasida Shinjon usuli asosida paxta yetishtirish jarayoni bilan tanishdi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy ishlanmalar va yondashuvlarni ishlab chiqarishga tatbiq etishga alohida e’tibor berilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 9-dekabrdagi paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirishga oid qarori bu yo‘nalishdagi ishlarni kengaytirish uchun muhim huquqiy asos bo‘ldi.

Paxtachilikda Shinjon usulidan foydalanish hosildorlikni sezilarli oshirish bilan birga suv, o‘g‘it va boshqa resurslarni tejash, g‘o‘zani parvarishlash xarajatlarini kamaytirish imkonini bermoqda.

«Agroklaster Oltinko‘l» korxonasining jami ekin maydoni 850 gektarni tashkil etadi. Shundan 23 gektarida Shinjon usuli asosida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Shinjon texnologiyasida chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekiladi. Bu tuproq namligi va haroratini barqaror saqlashga, chigitning erta va bir tekis unib chiqishiga xizmat qiladi.

Tomchilatib sug‘orish va oziqlantirish tizimi orqali suv hamda o‘g‘it bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada ortiqcha sarfning oldi olinib, suv 40 foizgacha, o‘g‘it esa qariyb 30 foizga tejaladi.

An’anaviy usulda bir gektar maydondan o‘rtacha 30-35 sentner paxta olinadigan bo‘lsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnerga yetadi. Plyonka ostida shakllangan qulay mikroiqlim tufayli hosilni an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun ertaroq yig‘ib olish mumkin.

Korxonada agrotexnik tadbirlarning asosiy qismi agrodronlar yordamida bajarilmoqda. Bu maxsus texnikalardan foydalanish ehtiyojini va yoqilg‘i sarfini keskin kamaytirmoqda.

Davlatimiz rahbariga loyihaning natijalari, iqtisodiy samaradorligi va mazkur texnologiyani yanada kengaytirish rejalari haqida ma’lumot berildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.