Mahalliy

Nishon tumanida 2 500 gektar maydonda agroloyihalar amalga oshirilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yem-xashak ekinlari va urugʻlik kartoshka yetishtirish uchun 2 500 gektar choʻl hududi oʻzlashtirilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida ilgari qishloq xoʻjaligi ishlari uchun foydalanilmagan 2 500 gektar maydonda yirik agrar loyihalar amalga oshirilmoqda.

«Qashqadaryo – Agro Star» kompaniyasi 1 330 gektarlik maydonda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda chorvachilik uchun yem-xashak ekinlari yetishtirishni yoʻlga qoʻydi.

Yana 300 gektar maydonni urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan «Bulung‘ur – Agro Star» kompaniyasi oʻzlashtirmoqda. Loyiha doirasida Niderlandiyadan keltirilgan besh turdagi elita urugʻlar ekilmoqda.

Hududni sugʻorish uchun Avstriyaning BAUER kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 10 ta pivot aylanma tipidagi yomgʻirlatib sugʻorish qurilmasi oʻrnatildi.

Agrotexnik ishlar xorijlik mutaxassislar ishtirokida hamda ilmiy va texnologik yondashuvni qoʻllagan holda olib borilmoqda. Ishlab chiqarishni tashkil etishda tuproq tarkibi, uning namlik darajasi va iqlim sharoitlari hisobga olinmoqda.

Loyiha doirasida 10 ming tonna hajmdagi sifatli urugʻlik kartoshka zaxirasini shakllantirish rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.