Faol fuqarolarga maxsus maqom berish va ularni rag‘batlantirish rejalashtirilyapti
O‘zbekistonda jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan fuqarolarga maxsus maqom berish va ularni moddiy rag‘batlantirish rejalashtirilmoqda

Faol fuqarolarga alohida maqom berish va ularni rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda
O‘zbekistonda jamiyat hayotida faol qatnashayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Jamiyatdagi faol fuqaro» maqomini joriy etish taklif etilmoqda. Shu haqdagi Hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi.
Hujjatga muvofiq, fuqarolarning ijtimoiy faolligi quyidagi beshta mezon asosida baholanadi:
Har bir yo‘nalish bo‘yicha 20 ballgacha, jami 100 ball to‘plash mumkin. Baholash «1 soat — 1 ball» tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, «Faol fuqaro» maqomini olganlarga quyidagi imtiyozlar berilishi rejalashtirilmoqda:
Shuningdek, fuqarolar «Faol fuqaro» nishoni bilan taqdirlanib, xonadonlariga maxsus belgi o‘rnatiladi.
Maqomni olish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Jarayonlar «Raqamli mahalla» platformasida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, hujjat hozircha loyiha bo‘lib, undagi imtiyozlar kuchga kirmagan.

