Zafar Hoshimov inson kapitalini rivojlantirish strategiyasi kontseptsiyasini ishlab chiqish boʻyicha guruhga rahbar boʻldi
Prezident Administratsiyasi huzurida inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz taʼlim strategiyasi kontseptsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh shakllantirilmoqda. Uning tarkibiga tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar kiradi. Jamoatchilik asosida guruhga Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.

Zafar Hoshimov inson kapitalini rivojlantirish strategiyasi kontseptsiyasini ishlab chiqish boʻyicha guruhga rahbarlik qiladigan boʻldi
Prezident Administratsiyasi huzurida inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz taʼlim milliy strategiyasi kontseptsiyasini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda.
Jamoatchilik asosida unga tadbirkor, korzinka.uz supermarketlar tarmogʻi asoschisi Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
«Guruh tarkibiga taʼlim muassasalari va samarali tizimlarni yaratish tajribasiga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar kiradi», — dedi u.
Bundan avval Oʻzbekistonda ikkita vazirlik oʻrniga yagona Taʼlim va fan vazirligi tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi, Prezident farmoni bilan taʼlim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qoʻllash, taʼlimni bozor talablarini hisobga olgan holda rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish vazifasi qoʻyilgan.

