Yevroittifoq Usmonovdan sanksiyalarni olib tashlaganidan koʻp oʻtmay Ozarbayjonda 10 yilga qamalgan fransiyalik tadbirkor afv etdi

Yevroittifoq Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilganidan sal o‘tib, Ozarbayjonda 10 yilga hukm qilingan fransiyalik tadbirkor afv etildi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev “josuslik”da ayblanib 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan fransiyalik tadbirkor Martin Rayanni afv qildi.
14-sentyabr kuni Financial Times manbalarga tayangan holda, Fransiya hukumati Ozarbayjon bosimi ostida rossiyalik oligarx Alisher Usmonovga nisbatan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini bekor qilish uchun lobbi qilayotgani haqida maqola chop etgandi. FT ma’lumotiga ko‘ra, sanksiyalarni olib tashlash Ozarbayjonda hibsga olingan Fransiya fuqarolarini ozod etish bo‘yicha kelishuvning bir qismi bo‘lgan.
Gazeta bilan suhbatlashgan uch nafar yevropalik amaldorning aytishicha, Fransiya va Slovakiya Vladimir Putinga aloqador 2 600 nafar jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirishga veto qo‘ygan. Biroq ular Alisher Usmonovni ushbu ro‘yxatdan chiqarishni talab qilgan.
22-sentyabr kuni Yevropa Ittifoqi Kengashi rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalarni yana uch yilga uzaytirishga kelishgani ma’lum bo‘ldi. Alisher Usmonov va Mixail Fridman esa sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarildi. FT manbalariga ko‘ra, Fridmanga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni Lyuksemburg so‘ragan.
Martin Rayan 2023-yil dekabrida Ozarbayjonda qo‘lga olingan edi. U Fransiya maxsus xizmatlari foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan. 2026-yil martida Rayan 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Aliyev 23-sentyabrdagi farmoni bilan jami 20 kishini afv etdi. Ular orasida 2024-yil dekabrida Bokuda hukm qilingan Rossiya va Isroil fuqarosi Kirill Mixaylov ham bor.

