Mahalliy

Yangiyo‘lda issiqxona va tomorqada kannabis yetishtirgan shaxslar ushlandi

Yangiyo‘l tumanida issiqxona va tomorqada kannabis yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan reydlar davomida 48 tup kannabis hamda 12 kilogrammdan ortiq marixuana aniqlangan.

“Qoradori-2026” nazorat tadbirlari doirasida tezkor xodimlar jami 10 ta holatda 339 kvadrat metr yer maydonida 48 tup kannabis parvarishlab kelinayotganini aniqlagan.

Xususan, Gulbog‘ mahallasida yashovchi fuqaroning xonadonidagi 300 kvadrat metrli issiqxonada 12 tup kannabis yetishtirilgani hamda 6,075 kilogramm marixuana saqlangani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Said ota mahallasidagi xonadonlardan birining tomorqasida 4 tup kannabis yetishtirilgani va 6 kilogramm marixuana saqlangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.