Mahalliy

O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan reydlarda jami 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar chog‘ida jami 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

“Qoradori-2026” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida respublikaning barcha viloyatlarida vertolyotlar yordamida nazoratli uchishlar amalga oshirildi. Tadbirlar davomida xonadonlarda yetishtirilgan jami 70 kg giyohvandlik o‘simliklari belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida 1967-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadonidan 24 kg marixuana saqlanayotgani aniqlandi. Modda protsessual tartibda olib qo‘yilgan va holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi oltinchi qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu tumanda yana bir holatda fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi 200 kvadrat metr yer maydoniga 520 tup kannabis ekib, parvarishlagani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Andijon viloyatining Izboskan tumanida esa 1977-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonidan 6 kg 100 gramm marixuana aniqlangan. Unga nisbatan ham Jinoyat kodeksining 273-moddasi oltinchi qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tezkor tadbirlar Samarqand viloyatida ham davom ettirilgan. Samarqand tumanida 1981-yilda tug‘ilgan shaxsning tomorqasida 41 tup kannabis yetishtirilayotgani, shuningdek, 400 gramm marixuana saqlanayotgani aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan nazoratli uchishlar davomida esa Buxoro tumanida bir hovlining tomorqasida er-xotin tomonidan 46 tup kannabis yetishtirilayotgani aniqlandi. Yana bir holatda 42 kvadrat metr yer maydonida 53 tup kannabis parvarishlanayotgani aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi oltinchi qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.