Mahalliy

Andijonda 20 kilogrammdan ortiq marixuana saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda 20 kilogrammdan ortiq marixuana saqlagan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida “Qoradori-2026” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq bir nechta holatlar fosh etildi.

Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1967-yilda tug‘ilgan shaxsning xonadonida 20 kilogrammdan ortiq marixuana saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Yana bir tezkor tadbir davomida 1990-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Onix Andijon shahri hududida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

Avtomobil tekshirilganda uning salonidan 33 dona tropikamid nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi hamda qariyb bir gramm gashish topildi. Shuningdek, ushbu shaxs bilan tanish bo‘lgan 1991-yilda tug‘ilgan shaxsning xonadonidan 26 dona, 1994-yilda tug‘ilgan shaxsning uyidan esa 55 dona tropikamid aniqlandi.

Shu tariqa tezkor tadbir davomida jami 114 dona tropikamid hamda qariyb bir gramm gashishning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Buloqboshi tumanining Chaqar mahallasida esa shubhali ko‘ringan Nexia-2 avtomobili to‘xtatildi. Avtomobilda bo‘lgan 1978-yilda tug‘ilgan shaxsning yonidan ikki bo‘lak, qora va oq rangli sellofan paketlarga o‘ralgan, og‘irligi 470 gramm bo‘lgan gashish topildi.

Andijon tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida 1969-yilda tug‘ilgan shaxs yashash xonadonining tomorqasida to‘qqiz tup nasha o‘simligini ekib yetishtirgani aniqlandi. Undan aniqlangan quritilgan marixuananing umumiy og‘irligi 2 kilogramm 214 grammni tashkil etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.