Andijonda qariyb 2 kg «gashish» musodara qilindi
Andijon viloyatining Marhamat tumanida qariyb 2 kilogramm «gashish» moddasini qabul qilib olgan shaxs ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijonda 2 kilogrammga yaqin gashish moddasi olib qo‘yildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari Bojxona va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Marhamat tumanida operatsiya o‘tkazdi.
Tadbir davomida 1993-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq narkokurerlar tomonidan dala maydonidagi yashirin joyga 1 kg 986 gramm gashish moddasi qoldirib ketilgan. Mazkur fuqaro giyohvand moddani o‘z qarindoshi orqali qabul qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davomida 1 kg 986 gramm gashish moddasi ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

