Mahalliy

Andijonda qo‘shni davlatdan olib kirilgan gashish, Farg‘onada esa ko‘knori saqlayotgan shaxslar aniqlandi

Andijonda qo‘shni davlatdan olib kirilgan gashish, Farg‘onada esa ko‘knori saqlagan shaxslar fosh etildi

Andijon va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar chog‘ida taqiqlangan moddalarni saqlab kelgan shaxslar aniqlangan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida hududda harakatlanayotgan Nexia rusumli avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan ikki nafar mahalliy fuqaro (1978 va 1985-yillarda tug‘ilgan) yonidan 470 gramm gashish moddasi topilgan. Tekshiruv jarayonida ushbu taqiqlangan modda qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgani aniqlangan.

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan shunga o‘xshash tadbirda esa Farg‘ona tumanida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada ushbu manzilda quritilgan holatda saqlanayotgan 482 gramm ko‘knori giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.