Mahalliy

Farg‘onada 5,6 kg gashish olib ketayotgan shaxs ushlandi

Farg‘onada 5,6 kg gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari kontrabandasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir chog‘ida 1994-yilda tug‘ilgan shaxs Qirg‘izistondan narkokuryerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilib, yashirin joyga qoldirilgan giyohvandlik vositasini olib, Cobalt avtomashinasida Farg‘ona shahriga ketayotgani aniqlandi.

U xodimlarning to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, mashinasidagi xo‘jalik qopini yo‘l chetiga uloqtirib, voqea joyidan qochishga uringan paytda ushlangan. Qop xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ichidan jami besh bo‘lakdan iborat, umumiy og‘irligi 5,6 kg bo‘lgan gashishga o‘xshash modda topilgan.

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28 orqali 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov doirasida uning sheriklarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.