Mahalliy

Fargʻona viloyatida besh kilogramm gashish bilan bir erkak qoʻlga olindi

Fargʻona viloyatida besh kilogrammdan ortiq gashish bilan bir erkak qoʻlga olindi

Fargʻona viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Qirgʻizistondan kontranda yoʻli bilan olib kelingan 5,6 kilogramm gashish giyohvandlik vositasini sotishga boʻlgan urinishning oldini oldi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga aloqadorlikda gumonlanib, 33 yoshli erkak qoʻlga olindi.

Tezkor tadbir DXX tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Gumonlanuvchi giyohvandlik vositasini xufiya joydan olib, Cobalt avtomobilida Fargʻona shahriga yoʻl olgan. Uni toʻxtatishga urinishganda, erkak xodimlarning talablarini bajarmasdan, mashinadan xoʻjalik qopini uloqtirib, qochishga uringan.

Qop ichidan umumiy vazni 5,6 kilogramm boʻlgan, gashishga oʻxshash modda solingan beshta briket topildi. Idora maʼlumotlariga koʻra, ushbu giyohvandlik vositasi avvalroq Qirgʻiziston hududidan kontrabanda yoʻli bilan olib kirilib, xufiya joyda qoldirilgan.

Qoʻlga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. U qamoqqa olingan. Tergov jarayonida ehtimoliy sheriklarni aniqlash choralari koʻrilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.