Yangi Toshkentda investorlar uchun yer maydonining 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish talabi qo‘llanmaydi
Yangi Toshkentda investorlar yer maydonining 30%ini ko‘kalamzorlashtirishi shart bo‘lmaydi. Shaharning 30%ini ko‘kalamzorlashtirish bosh reja asosida davlat tomonidan ta’minlanadi. Qiymati $50 mlndan yuqori noturar joy loyihalari uchun “yashil” sertifikat xarajati qoplanadi. Yirik loyihalarga mas’ul biriktiriladi.

Yangi Toshkentda investorlar uchun yer maydonining 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish talabi bekor qilinadi
Yangi Toshkentda investorlar sotib olgan yer maydonining 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish talabi qo‘llanmaydi. Shaharning 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish bosh reja asosida davlat tomonidan ta’minlanadi. Bu haqda 12-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev investor va tadbirkorlar bilan uchrashuvida ma’lum qildi.
Shuningdek, qiymati 50 million dollardan yuqori bo‘lgan noturar joy loyihalari uchun “yashil” sertifikat xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi.
Prezident Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligini yana bir bor ta’kidladi. Bu yerda quriladigan obyektlarga “yashil bino” standartlari qo‘llanmoqda. Shu bilan birga, sertifikat olish tadbirkorlar uchun qo‘shimcha xarajat ekani inobatga olingan.
Bundan tashqari, davlat rahbari yirik sarmoyadorlar bilan ishlashda ham yangi yondashuv joriy etilishini ma’lum qildi. “Qiymati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga mas’ul biriktiriladi. U investorga obyekt ishga tushguniga qadar hamrohlik qilib, yuzaga keladigan masalalarni hal etishga ko‘maklashadi”, — dedi u.
Bunda “50 million dollardan yuqori har bir loyihaga — bitta investitsiya bitimi” tamoyili amal qiladi. Bitimda investorning majburiyatlari va tavakkalchiligi hisobga olinib, unga mos imtiyozlar paketi belgilanadi.

