Yangi Toshkentda yangi obyektlar ishga tushiriladi - Prezident marosimda qatnashadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 12-oktabr kuni Yangi Toshkentga tashrif buyuradi. Davlat rahbari bu yerda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Yangi Toshkentda yangi obyektlar foydalanishga topshiriladi — Prezident marosimda ishtirok etadi
Tashrif dasturidan Yangi Toshkent hududidagi bir qator obyektlarni ishga tushirish marosimi ham joy olgan.
Shuningdek, prezident ishtirokida yangi obyektlar qurilishiga start berilishi rejalashtirilgan.
Shu tariqa, tadbir doirasida ham tayyor obyektlar foydalanishga topshiriladi, ham navbatdagi qurilish ishlari boshlanadi.
Investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv esa Yangi Toshkentda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan ishbilarmonlar ishtirokida o‘tkaziladi.

