Mahalliy

Prezidentning Toshkent shahri bo‘yicha yig‘ilishi boshlandi

Yig‘ilish avvalida bugungi murakkab sharoitda har bir tuman va mahallaning mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish,

Prezidentning Toshkent shahri bo‘yicha yig‘ilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilish boshida bugungi murakkab vaziyatda har bir tuman va mahallaning mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, qo‘shimcha qiymat, investitsiya va yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirishga yangicha yondashish zarurligi ta’kidlandi.

Poytaxt tumanlarining har biri o‘z salohiyatidan kelib chiqib, muayyan yo‘nalishlarga ixtisoslashishi kerakligi qayd etildi.

Xususan, Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarida Toshkentga kirib kelayotgan yuklarni saralash, qadoqlash, taqsimlash va yetkazib berishga ixtisoslashgan yirik logistika majmualarini barpo etish uchun katta imkoniyat bor.

Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida zamonaviy biznes va moliyaviy markazlarni ko‘paytirish orqali 2 milliard dollarlik kapital bozorini shakllantirish hamda 20-25 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi.

Olmazor, Chilonzor va Uchtepada esa ta’lim, tibbiyot, savdo va servis yo‘nalishlarida kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish, 15-20 mingta ish o‘rni yaratish salohiyati mavjud.

Yig‘ilishda Toshkent shahrida investorlar bilan ishlash tizimining samaradorligi ham ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda poytaxtning 12 ta tumani bo‘yicha 9 milliard dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Biroq ayrim hududlarda belgilangan ko‘rsatkichlarga yetishish uchun ishlarni yanada tezlashtirish zarurligi qayd etildi.

Investorlarning masalalarini idorama-idora yurmasdan, bevosita joyida hal etish uchun alohida ish tizimi joriy qilinishi belgilandi. Respublika va shahar darajasidagi mas’ullar har hafta tumanlarga chiqib, tadbirkor va investorlar bilan uchrashadi hamda ularning muammolarini tezkor hal qiladi.

Yuqori darajada yechim talab qiladigan masalalar bo‘yicha shu kunning o‘zida asoslangan takliflar tayyorlanib, Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Ushbu tartib yil oxirigacha alohida nazoratda bo‘ladi.

Kelgusi yilda poytaxtga 10 milliard dollar investitsiya jalb qilish hamda 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.