Mahalliy

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkent hududidagi zamonaviy bino va inshootlar qurilish jarayoni bilan tanishdi

Taʼkidlanishicha, britaniyalik meʼmorlar tomonidan puxta va uzoqni koʻzlab ishlab chiqilgan shahar konsepsiyasi kelgusi oʻn yilliklar uchun mustahkam asos yaratdi.

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan zamonaviy bino va inshootlar qurilishi bilan tanishdi.

“Poydevor qoʻyildi, biroq shaharning ertangi kuni qanday boʻlishi endi bevosita oʻzimizga bogʻliq. Aynan shuning uchun tadbirkorlarimiz Yangi Toshkentga alohida eʼtibor qaratishlarini istardim..

Bu yerga sarmoya kiriting, qurilish qiling, oʻz biznesingizni yoʻlga qoʻying. Mazkur maskanning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos. Keling, ushbu betakror, yangi shaharni birgalikda bunyod etaylik!”, – deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.