Mahalliy

Yangi Toshkentda investorlar uchun imtiyozlar kengaytiriladi

Yangi Toshkentda investorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, qurilish jarayonlarini soddalashtirish va tijorat hamda ijtimoiy obyektlar barpo etilishini

Yangi Toshkentda investorlar uchun imtiyozlar kengaytiriladi

Yangi Toshkentda investorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, qurilish jarayonlarini yengillashtirish hamda tijorat va ijtimoiy obyektlar qurilishini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Prezident shaharning master-rejasi sarmoyadorlar tashabbuslariga to‘siq bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi. Investorlar takliflarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish, qarorlarni tezkor va shaffof qabul qilish, shuningdek, tayyor loyihalar sonini ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.

Hozirgacha sotilgan 54 ta lotdan faqat uchtasidagi loyiha qiymati 100 million dollardan oshadi. Yirik tijorat obyektlarini ko‘paytirish uchun «Swiss challenge» tamoyili asosida yer ajratish amaliyoti joriy etiladi. Bunda tashabbus ochiq e’lon qilinadi, yaxshiroq taklif bo‘lmasa, yer birinchi tashabbuskorga beriladi.

Shuningdek, infratuzilma to‘lovlari savdo, servis va biznes markazlari uchun uch baravar, mehmonxona va turizm obyektlari uchun besh baravar, madaniy va ko‘ngilochar maskanlar uchun o‘n baravar kamaytiriladi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar uchun to‘lov bir foiz etib belgilanadi. Imtiyozlar qurilishi boshlangan loyihalarga ham tatbiq etiladi.

Dunyoning yetakchi arxitektorlari ishlab chiqqan o‘ziga xos loyihalar uchun ham tezkor tartib joriy etilib, loyihalashdan tortib obyektni foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan jarayonlar soddalashtiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.