Yangi Oʻzbekiston universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
29-sentabr kuni Yangi Oʻzbekiston universitetida ilm-fan, taʼlim va sanoat integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining (IAC) navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.

Yangi Oʻzbekiston universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.
Uchrashuvda Myunxen texnika universiteti (TUM), Robert Bosch GmbH, Nexperia, STADA Arzneimittel AG, Berlin University Alliance vakillari, shuningdek, Energetika vazirligi, «Oʻzkimyosanoat» AJ, Olmaliq KMK, «Oʻzsanoatqurilishbank», ADM Global, Uzum, TBC va Octobank rahbarlari qatnashdi.
Asosiy muhokamalar universitet dasturlarini sanoat talablariga yanada yaqinlashtirish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy ishlanmalarni real sektorga tatbiq etish masalalariga bagʻishlandi.
Yangi Oʻzbekiston universitetida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuv oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarni keng jalb etish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan strategik vazifalarning amaliy ifodasidir.

