Mahalliy

Xorazmda yangi trolleybuslar 27-oktabrdan yo‘nalishga chiqariladi

Prezidentga taqdimot qilinganidan ikki oy o‘tib, yangi trolleybuslar Urganch va Xiva o‘rtasidagi yo‘nalishga chiqariladi. Xorazm viloyati transport boshqarmasi haydovchilar tayyorgarlikdan o‘tganini ma’lum qildi. Urganchda trolleybus deposining yangi binosi ochildi.

Xorazmda yangi trolleybuslar 27-oktabrdan yo‘nalishga chiqariladi

Avgust oyi o‘rtalarida O‘zbekiston prezidentiga taqdim etilgan Xitoyning Yutong rusumli avtonom yuruvchi yangi trolleybuslari 27-oktabrdan Urganch va Xiva o‘rtasidagi yo‘nalishda qatnay boshlashi kerak. Bu haqda Xorazm viloyati Transport boshqarmasi ma’lum qildi.

Kuni kecha Urganchda “Xorazm trolleybus parki” davlat korxonasining yangi ma’muriy binosi va yangilangan deposi foydalanishga topshirildi. Xivada ham depo qurilmoqda.

Xabarda aytilishicha, bo‘lajak haydovchilar maxsus tayyorgarlikdan o‘tib, guvohnomalarni olgan.

Xorazm viloyati — O‘zbekistonda trolleybus tizimi saqlanib qolgan yagona hudud. Bu, shuningdek, dunyodagi ikkita shaharlararo trolleybus tizimidan biri hisoblanadi. Uning bir tomonlama uzunligi 35,6 km ni tashkil etadi (ikkinchi yo‘nalish Simferopol va Yalta o‘rtasida ishlaydi — 84 km).

Yo‘nalish 1998-yilda ochilgan. Dastlab trolleybuslar Urganch aeroportidan Xivagacha qatnagan, biroq keyinchalik marshrut Urganch markaziy bozorigacha qisqartirilgan. Hozirda 2013-yilda sotib olingan Skoda trolleybuslaridan foydalanilmoqda. Jami to‘qqizta trolleybus bor, ulardan sakkiztasi muntazam ishlaydi.

100 kilometrgacha mustaqil (avtonom) harakatlana oladigan 10 ta yangi trolleybus yo‘nalishni yana aeroportgacha uzaytirish imkonini beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.