Mahalliy

Urganchga Xitoydan 47 ta avtobus olib kelindi

Urganch shahri ichki yo‘nalishlari uchun Xorazmga Xitoydan 47 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Ularning 32 tasi Zhongtong, 15 tasi Yutong rusumida. Joriy yilda viloyatda tadbirkorlar xarid qilgan avtobuslar soni 139 taga yetdi.

Urganchga Xitoydan 47 ta avtobus olib kelindi

Xorazm viloyatiga Xitoyda ishlab chiqarilgan 47 ta zamonaviy avtobus olib kelindi, deb xabar bermoqda.

Avtobuslarning 32 tasi Zhongtong, 15 tasi esa Yutong rusumida bo‘lib, ular viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Xorazm Dovud servistrans”, “Bunyod avto Urganch” va “Ancient Khorezm Oasis” kompaniyalari tomonidan xarid qilingan.

Yangi avtobuslar Urganch shahri ichki yo‘nalishlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jamoat transportida brutto shartnoma tizimining joriy etilishi hududlarda yo‘lovchi tashuvchi tadbirkorlarning avtobus parklarini yangilashiga turtki bergan. 2023-yildan buyon Toshkent shahrini hisobga olmaganda, mamlakat hududlarida tadbirkorlar tomonidan 2 mingdan ortiq avtobus xarid qilingan.

Xorazm viloyatida esa joriy yil boshidan buyon tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan avtobuslar soni 139 taga yetgan.

Sentabr boshida ham Xorazmga Xitoydan 30 ta Zhongtong avtobusi olib kelingan, ular Urganch shahri ichki yo‘nalishlariga chiqarilishi ma’lum qilingandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.