Texnologiya

Xitoyda ulkan köprik «aqlli» kranlar yordamida qurilmoqda

Xitoyning janubi-ğarbida Luguxu köli ustidan ötuvçi köprik qurilişida har biri 200 tonnagaça yuk kötaradigan ikkita Zoomlion krani işlatilmoqda. Ular yordamida köprikning Şangri-La tomonidagi 283 metr balandlikdagi asosiy tayançi qurib bitkazildi.

Xitoyda ulkan ko‘prik “aqlli” kranlar yordamida bunyod etilmoqda

Ko‘prik Siçan - Şangri-La tezyurar avtomagistrali tarkibiga kiradi. Tog‘li hududda yirik konstruksiyalarni balandlikka ko‘tarish va o‘rnatish yuqori aniqlikni talab qiladi.

Qurilishda Zoomlion kompaniyasining R4300-200 rusumli ikkita minorali kranidan foydalanilmoqda. Ko‘prikning har bir asosiy tayanchi uchun bittadan kran ajratilgan. Ularning maksimal yuk ko‘tarish quvvati 200 tonna, qulochi uzunligi esa 80 metrga yetadi.

Kompaniya maʼlumotiga ko‘ra, kranlarda boshqaruv va xavfsizlikka oid 20 dan ortiq intellektual funksiya mavjud. Ular orasida to‘qnashuvlarning oldini olish, yuk og‘irligiga qarab ishlash tezligini avtomatik moslashtirish va osilib turgan yukning o‘z-o‘zidan pastga tushib ketishini cheklash tizimlari bor.

Bu imkoniyatlar, ayniqsa, Şangri-La tomonidagi tayanchning so‘nggi 103 metrlik qismini qurishda muhim bo‘lgan. Quruvchilar markaziy ko‘ndalang to‘sin ustiga yakuniy po‘lat va beton seksiyalarni o‘rnatishi kerak edi. O‘zgaruvchan shamol esa yukni barqaror ushlab turish va konstruksiya qismlarini aniq tutashtirishni qiyinlashtirgan.

Operatorlar videokameralar orqali ish jarayonini kuzatib, kranlarni yerdan turib masofadan boshqargan. Bu o‘rnatilayotgan qismlarni yaxshiroq ko‘rish va montaj paytida zarur tuzatishlarni kiritish imkonini bergan.

Zoomlion bayonotiga ko‘ra, tayanch seksiyalarini ko‘tarish va o‘rnatish ishlari xavfsiz bajarilgan. Kompaniya ko‘prikning umumiy uzunligi va harakat uchun qachon ochilishini maʼlum qilmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.