Dunyo

Xitoyda kapalak şaklidagi 212 metrlik osmonöpar bino qurildi

Xitoyning Şençjen şahrida kapalak qanotlarini eslatuvçi ğayrioddiy osmonöpar bino qurib bitkazildi. Britaniyaning RSHP meʼmorlik byurosi loyihalagan 45 qavatli Hetao Alpha majmuasining balandligi 212 metrga yetadi. Uning ikki tomonga oğgan «qanotlari» markaziy beton özak orqali birlaştirilgan.

Xitoyda kapalak shaklidagi 212 metrlik osmono‘par bino qurildi

Hetao Alpha ikki asosiy qismdan tashkil topgan. Sharqiy qanoti 37 qavatli, g‘arbiy qanoti esa 44 qavatli. Ularni birlashtirib turgan markaziy o‘zak binoning asosiy tayanchi vazifasini bajaradi. Pastki qismida ko‘p maqsadli jamoat bloki joylashgan.

Qanotlarning qiya ko‘rinishi markaziy beton o‘zakning ikki tomonidan tashqariga chiqarilgan konsol qismlar hisobiga hosil qilingan. Majmuadagi ofis xonalarining umumiy maydoni 70 410 kvadrat metrni tashkil etadi.

Binoning barqarorligini oshirish uchun har 12 qavatda yirik panjarasimon tayanch konstruksiyalar — fermalar o‘rnatilgan. Ular texnik xonalar va evakuatsiya hududlariga ajratilgan qavatlarda joylashtirilgan. Bu yechim ofis qavatlarida ochiq va erkin rejalashtirilgan maydonlarni saqlab qolish imkonini beradi.

Fasad to‘liq shisha bilan qoplangan. Ofis qavatlarining ochiq rejasi bilan birga bu xodimlarga shahar manzarasini deyarli to‘siqsiz tomosha qilish imkonini yaratadi.

Qanotlarning to‘rt burchagida ikki qavat balandligidagi egri shisha yuzalar ishlatilgan. Ular muayyan panoramalarni yaxshiroq ko‘rish uchun mo‘ljallangan. G‘arb tomondan Shenchjen qo‘ltig‘ining suv-botqoq hududlari, janubdan esa Gonkongdagi May Po tabiiy hududi ko‘rinadi.

Lift shaxtalari binoning markaziy qismida, shimoliy va janubiy fasadlar bo‘ylab joylashtirilgan. Ular ham to‘liq shishalangan. Shu bois yo‘lovchilar yuqoriga ko‘tarilish yoki pastga tushish vaqtida atrof manzarasini kuzatishi mumkin.

Binoda tabiiy shamollatishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Fasaddagi shisha qismlarga havo kirishi uchun maxsus tirqishlar qo‘shilgan, quyoshdan himoya qiluvchi jalyuzili panellar o‘rnatilgan. Bu yechimlar xonalarda havo aylanishini ta’minlash va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.