Dunyo

Uzingizni uydagidek his qiling…

Ozodlik haykalidan ham baland: Nyu-York markazida eng baland qamoqxona quriladi

Oʻzingizni uydagidek his qiling…

Manhettenning qoq markazida tez orada balandligi 102 metr boʻlgan 33 qavatli bino qad rostlaydi, u dunyodagi eng baland qamoqxonaga aylanadi. U yerda 1040 nafargacha mahbus joylashtirilishi mumkin. Loyiha allaqachon Jailscraper — jail (qamoqxona) va skyscraper (osmonoʻpar bino) soʻzlaridan olingan «Qamoqxona-osmonoʻpar» laqabini oldi.

Tashqi tomondan inshoot koʻproq zamonaviy ofis markazini eslatadi: shishali fasad, yashil hududlar va odatiy qamoqxona belgilarining minimal darajada ekanligi. Ichkarida bir kishilik kameralar, umumiy maydonlar, terrasalar va hatto basketbol maydonchasi koʻzda tutilgan. Derazalar mahbuslarga osmonni koʻrish imkoniyatini beradi, ammo metall toʻr ularning pastga, shaharga qarashiga yoʻl qoʻymaydi.

Loyiha allaqachon mutaxassislarning tanqidiga sabab boʻlmoqda. Meʼmor va kriminolog Andrea Zelixning fikricha, qamoqxonalar besh qavatdan baland boʻlmasligi kerak: normal hayotga qaytish uchun mahbuslarga ochiq joylar, yer va atrof-muhit bilan aloqa zarur.

Yangi majmua yillar davomida zoʻravonlik va oʻlim holatlari tufayli tanqid qilib kelingan Raykers orolidagi mashhur qamoqxonaning bir qismini almashtirishi kerak. Manhetten majmuasi qurilishi taxminan 3,9 milliard dollarga tushadi. Uning sud binosi yaqinida joylashishi mahbuslarni shahar boʻylab tashishni qisqartirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, Manhetten aholisi loyihaga qarshi chiqmoqda. Ular qurilish paytidagi shovqin va changdan, shuningdek, qoʻshni binolarga ehtimoliy zarar yetkazilishi va hudud obroʻsining yomonlashishidan xavotirda.

Taʼkidlab oʻtamiz, Nyu-Yorkdagi mashhur Ozodlik haykalining yerdan mashʼala uchigacha boʻlgan balandligi 93 metrni tashkil qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.