Dunyo

Vengriya YEI qarorini «qabul qilib boʻlmas» deb atadi

Vengriya bosh vaziri Peter Madyar Budapesht Yevropa Ittifoqining ukrainalik qochqinlar uchun vaqtinchalik himoya tartibiga kiritilgan oʻzgarishlarga qaramay, chaqiruv yoshidagi ukrainalik erkaklarga boshpana berishni davom ettirishini maʼlum qildi. Bu qaror, avvalo, Karpatortida yashovchi etnik vengrlarga taalluqli boʻlishi aytilmoqda.

Vengriya YEI qarorini «qabul qilib boʻlmas» deb atadi

Peter Madyar 4-sentabr kuni Vengriya ukrainalik harbiy xizmat yoshidagi erkaklarni qabul qilish masalasida mustaqil qaror qabul qilish huquqini saqlab qolishini maʼlum qildi.

Uning aytishicha, Budapesht YeIning vaqtinchalik himoya bo‘yicha yangi yondashuviga qo‘shilmaydi.

Yevropa Ittifoqi iyul oyi o‘rtalarida ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoya berish shartlarini qayta ko‘rib chiqqan edi. Yangi tartibga ko‘ra, o‘z mamlakatida belgilangan harbiy majburiyatlarni bajarmagan harbiy xizmatga majbur shaxslar vaqtinchalik himoya dasturi doirasiga kirmaydi.

Madyar bu yondashuvni qabul qilib bo‘lmas deb baholadi.

Uning taʼkidlashicha, Vengriya boshqacha yo‘l tutadi va mamlakat hududiga kelgan chaqiruv yoshidagi erkaklarga ham boshpana berish huquqini saqlab qoladi. Bosh vazir bu borada, eng avvalo, Karpatortida yashovchi etnik vengrlar manfaatlari inobatga olinishini aytdi.

Vengriya bosh vazirining fikricha, YeIning yangi qoidalari ayrim ukrainaliklarni amalda urush davom etayotgan mamlakatda qolishga majbur qilishi mumkin.

Ukraina fuqarolari uchun vaqtinchalik himoya tizimi Yevropa Ittifoqida 2022-yil mart oyidan beri amal qiladi. Uning amal qilish muddati 2028-yil 4-martgacha uzaytirilgan.

Yangi talablarga ko‘ra, vaqtinchalik himoya olishni istagan shaxs harbiy hisob va harbiy majburiyatlar bilan bog‘liq talablarni buzmaganini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Bryussel bu o‘zgarishlarni Ukrainaning mudofaa ehtiyojlari bilan izohlagan.

Shu bilan birga, yangi talablar YEI davlatlarida vaqtinchalik himoya maqomini avvaldan olgan ukrainaliklarga tatbiq etilmaydi.

Vaqtinchalik himoya olish uchun murojaat qilgan ukrainaliklar endi harbiy hisob va xizmat majburiyatlariga oid qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim.

Bunday tasdiq sifatida Ukraina chegarasini qonuniy kesib o‘tganlik belgisi qo‘yilgan pasport qabul qilinishi mumkin.

Shuningdek, ariza beruvchi qonunda belgilangan harbiy majburiyatlarni bajarganini ko‘rsatuvchi qog‘oz yoki elektron hujjat taqdim etish huquqiga ega.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.