Mahalliy

Uçtepada sodir bölgan yonğinda bir kişi halok böldi

23-oktabrdan 24-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi köp qavatli uylardan biridagi xonadonda yonğin sodir böldi. Hodisa joyida bir kişining jasadi aniqlangan.

Uchtepada yuz bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi.

Maʼlum qilinishicha, 24-oktabr kuni soat 1:33da shahar FVBBga Uchtepa tumani Yusuf Sakkokiy ko‘chasida joylashgan turar joy majmuasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 1:52 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida xonadonning uy jihozlari zararlangan. Hodisa joyida bir kishining jasadi aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda hodisa sabablari va boshqa tafsilotlarni aniqlash bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.