Mahalliy

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

16-avgust kuni kechqurun Mirzo Ulug‘bek tumani Asaka ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in yuz berdi. Yong‘inni o‘chirishga 1 soatdan ortiqroq vaqt ketgan.

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in kelib chiqdi.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Asaka ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida 16-avgust kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 22:02 da ushbu uyning tom qismida yong‘in boshlangani haqida xabar kelib tushgan.

Qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan. Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan va soat 23:33 da to‘liq o‘chirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘t o‘chirish mashinasining ko‘p qavatli uyning arkasi tufayli bino hovlisiga kira olmagani aks etgan. Shuningdek, tasvirlarda yong‘in binoning mansarda qismidagi xonadonlarga ham tarqalgani ko‘rinadi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.