Mahalliy

Chorvoq suv omboridan ikkinchi choʻkib ketgan shaxsning jasadi topildi

Oʻzbekiston FVV qutqaruvchilari 2 sentyabr kuni Chorvoq suv omborida choʻkib ketgan ikkinchi erkakning jasadini topishdi. Otani qidirish ishlari davom etmoqda.

Chorvoq suv omboridan ikkinchi halok boʻlgan shaxsning jasadi topildi

Oʻzbekiston FVV gʻavvoslari Chorvoq suv omborida choʻkib ketgan ikkinchi kishining jasadini topishdi. Jasad bugun soat 12:07 da topilgan. Uchinchi halok boʻlgan shaxsni qidirish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston FVV xabar beradi.

Hodisa 2 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida yuz bergan. Katerda sayr qilish vaqtida oila aʼzolaridan biri choʻmilish uchun suvga sakragan. Erkak qutqaruv nimchasi bilan taʼminlanmagan boʻlgan va choʻka boshlagan.

Unga yordam berish uchun akasi va otasi suvga otilgan. Natijada ularning uchchalasi ham choʻkib ketgan.

Birinchi jasadni qutqaruvchilar 9 sentyabr kuni soat 13:02 da topishgan edi. Gʻavvoslar oilaning kenja oʻgʻlini topishgan.

Bugun soat 12:07 da FVV choʻkib ketgan ikkinchi aka-ukaning jasadi topilgani haqida xabar berdi. Otaning jasadini qidirish ishlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.