Mahalliy

Urganch–Xiva pulli yoʻli loyihasi qurilish davomida 30 mln dollarga qimmatlashdi

Oʻzbekistondagi birinchi pulli yoʻl – Urganch–Xiva trassasi loyihasi qiymati 150 mln dollarni tashkil etdi, deya maʼlum qildi Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Davletov. Yil boshida, qurilish boshlanayotgan payti loyihaning umumiy qiymati 120 mln dollar ekani aytilgandi. Shu tariqa, loyihalash ishlari bilan parallel ravishda olib borilgan qurilish ishlari davomida loyiha qiymati 30 mln dollarga yoki 25 foizga qimmatlashgan.

Urganch–Xiva pulli yoʻli loyihasi qurilish jarayonida 30 million dollarga qimmatlashdi.

Oʻzbekistondagi ilk pulli yoʻl – 35 kilometrlik Urganch–Xiva trassasining yakuniy qiymati 150 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Davletov maʼlum qildi.

U Mustaqillik bayrami arafasida davlat rahbari ishtirokida oʻtkazilgan yangi obyektlarni ishga tushirish marosimida telekoʻprik orqali, yangi magistralning boshlangʻich qismidan turib qatnashdi.

Davletov shunday dedi: “Mana bugun biz 150 million dollar investitsiya kiritilishi hisobiga amalga oshirilgan Urganch–Xiva birinchi pulli yoʻlining topshirilish jarayonida turibmiz, hurmatli prezident”.

Joriy yil fevral oyida, ushbu pulli yoʻl qurilishi boshlanganida, rasmiylar loyihaning umumiy qiymati 120 million dollar boʻlishini eʼlon qilgan edi.

Endi esa, loyihalash ishlari bilan birga olib borilgan qurilish jarayonida loyiha qiymati 25 foizga oshgani maʼlum boʻldi.

Fevral oyidagi rasmiy xabarda yangi magistral uchun 17 ta koʻprik, 8 ta yoʻl oʻtkazgich, 1 ta tunnel va 5 ta maxsus oʻtish joyi hamda suv oʻtkazish inshootlari barpo etilishi aytilgan edi.

Hozirda esa 15 ta koʻprik (dastlabki xabardagidan ikkitaga kam), 8 ta yoʻl oʻtkazgich, 1 ta yer osti tunneli va boshqa infratuzilma obyektlari qurib bitkazilgani maʼlum qilindi.

Maʼlumot uchun, loyiha buyurtmachisi – Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi direksiya boʻlib, pudrat ishlarini ham qoʻmita tasarrufidagi tashkilotlar bajardi. Loyihaning moliyalash manbalari ochiqlanmagan.

Avvalroq 35 kilometrlik yoʻl uchun yengil avtomobillar toʻlovi 25 ming soʻm, 28 kilometrlik qisqaroq masofa toʻlovi esa 20 ming soʻm deb eʼlon qilingan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.