Mahalliy

Uçtepa tumanida sunʼiy köl taşkil etiladi

Toşkentning Uçtepa tumanida 90 sotix maydonda sunʼiy köl va dam oliş maskani taşkil etiş işlari boşlandi. Suv havzasi quduqlar hamda ariqlardan keladigan suv oqimi hisobiga töldirilişi közda tutilmoqda.

Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etiladi

Toshkent shahri Uchtepa tumanining Qorontepa mahallasida 90 sotix bo‘sh maydonda dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati qayd etishicha, bu loyiha hudud iqlimini yaxshilash, chang miqdorini kamaytirish hamda aholi uchun maroqli hordiq chiqarish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.

Suv havzasi 340- va 346-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari oralig‘ida joylashadi. Uning maydoni 0,37 gektarni, chuqurligi esa 2 metrni tashkil etadi.

Ko‘l drenaj quduqlari va ariqlardan keladigan tabiiy suv oqimi hisobiga to‘ldirilishi ko‘zda tutilmoqda. Unda cho‘milish taqiqlanadi.

Ko‘lga tutash hududda o‘sayotgan 66 tup manzarali daraxtning barchasi saqlab qolinishi va’da qilingan. Shuningdek, u yerga yangi daraxtlar ham ekiladi. Suv havzasi atrofida sayr yo‘laklari va o‘rindiqlar bo‘ladi.

Loyihani 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.