Mahalliy

Toshkent Botanika bog‘ida yangi sun’iy ko‘l qurilmoqda (foto)

Tarmoqlarda Botanika bog‘ida qurilish ishlari olib borilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Gazeta muxbiri voqea joyiga borib, bog‘ bosh dendrologi Atirgul Xolmirzayeva bilan suhbatlashdi. Unga ko‘ra, hududning 50 sotix maydonida sun’iy suv havzasi qurilmoqda, daraxtlar esa kesilayotgani yo‘q. Foto.

Toshkent Botanika bog‘ida yangi sun’iy ko‘l barpo etilmoqda (foto)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Botanika bog‘ida qurilish ishlari ketayotgani va daraxtlar kesilayotgani haqida videolar tarqaldi. Gazeta muxbiri vaziyatga aniqlik kiritish uchun voqea joyiga borib, Botanika bog‘i bosh dendrologi Atirgul Xolmirzayeva bilan suhbatlashdi.

Uning aytishicha, bog‘ hududining 50 sotix qismida suv havzasi qurilmoqda. Mutaxassis qurilish vaqtida o‘zboshimchalik bilan daraxt kesilayotgani yo‘qligini ta’kidladi.

Atirgul Xolmirzayevaning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy ko‘l qurilayotgan joy avvallari archazor bo‘lgan. Keyinchalik archalar boshqa hududga ko‘chirib o‘tkazilgani sababli bu yer ochiq qolgan.

“Ochiq maydon qamishzorga aylandi va qarovsiz qoldi. Ishchi kuchimiz kam. Bog‘ni yillab tozalashga ham vaqt yetmaydi”, — deydi u.

Uning aytishicha, hududda suv havzasi qurilishi munosabati bilan bu yerdagi o‘simliklar va qamishlar olib tashlanmoqda. Keyin havzada suvda o‘sadigan o‘simliklar ekiladi, atrofi esa manzarali butalar bilan obodonlashtiriladi.

“Aholi kelib, shu yerda dam olib ketadigan manzarali joyga aylanadi”, — deydi bosh dendrolog.

Xolmirzayevaning ma’lum qilishicha, yangi suv havzasi 50 sotix maydonni egallaydi va uni shu yilning o‘zida yakunlash rejalashtirilgan.

“Ko‘l quriladigan maydon atrofidagi daraxtlarning hammasi turibdi. O‘zboshimchalik bilan daraxt kesilayotgani yo‘q. Faqat qurib qolgan shoxlari olinyapti”, — deydi bosh dendrolog.

Uning ta’kidlashicha, qurib qolgan yoki biologik yoshi tugayotgan daraxtlarni olib tashlashdan oldin tegishli dalolatnoma tuziladi. Shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutidan mutaxassislar chaqirilib, daraxtlarning holati bo‘yicha ilmiy xulosa olinadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.