Toshkentning Uchtepa tumanida sunʼiy koʻl paydo boʻladi

Toshkentning Uchtepa tumanida sunʼiy koʻl paydo boʻladi
Toshkentning Uchtepa tumanida 90 sotix maydonda sunʼiy koʻl va dam olish hududi barpo etilmoqda. Ishlarni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, suv havzasining maydoni 37 sotixni, chuqurligi esa ikki metrni tashkil etadi.
Koʻlni toʻldirish uchun drenaj quduqlari va ariqlardan keladigan tabiiy suv oqimidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Loyiha mualliflarining fikricha, yangi suv havzasi hudud mikroiqlimini yaxshilashi va chang darajasini kamaytirishi kerak, unga tutash hudud esa aholi dam olishi uchun jihozlanadi.
Hozirda ishlar davom etmoqda. Dam olish hududining ochilish muddatlari va uning kelajakdagi infratuzilmasi haqida xabar berilmagan.
Yeslatib oʻtamiz, Sergeli tumanida ham sunʼiy koʻl tashkil etish rejalashtirilgan. U besh gektar maydondagi dam olish hududlarini oʻz ichiga oladi.

