Dunyo

Turkiyadagi pichoqbozlikda vafot etgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi emas — bosh konsulxona

Janjal vaqtida 33 yoshli erkak bo‘yin qismidan pichoqlangan. OAV u o‘zbekistonlik ekanini xabar qilgandi. Istanbuldagi bosh konsulxona ma’lumotni rad etdi.

Turkiyada pichoqbozlik oqibatida halok bo‘lgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi emas — bosh konsulxona

Turkiyaning Istanbul shahrida sodir bo‘lgan pichoqbozlikda 33 yoshli Qilich Bo‘riyev vafot etdi. Sabah nashri marhumni o‘zbekistonlik deb yozdi. Biroq O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bu ma’lumotni inkor etib, erkak Turkmaniston fuqarosi bo‘lganini bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea soat 23:30 lar atrofida Kemalposha mahallasidagi Nebiog‘lu ko‘chasida joylashgan to‘yxonada yuz bergan. To‘y davomida ikki guruh o‘rtasida noma’lum sababga ko‘ra kelishmovchilik kelib chiqqan. Taxminan bir soat davom etgan mojaro keyinchalik keskinlashib, pichoqbozlikka aylangan.

Janjal chog‘ida mast holatda bo‘lgan R.T. ismli shaxs Qilich Bo‘riyevning bo‘yin qismiga pichoq bilan zarba berib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Hodisa joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatgan. Bo‘riyev keyin tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan. Ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Tezkor-qidiruv ishlari natijasida gumonlanuvchi R.T. ushlangan va jinoyatda ishlatilgan pichoq ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Politsiya bo‘limidagi so‘roqdan so‘ng R.T. sud qarori bilan hibsga olingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.