Dunyo

Turkiyada o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi yuzasidan o‘tkazilgan sudda bir ayblanuvchi ozod qilindi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan sud jarayonida ayblanuvchilardan biri ozod etildi. 15-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlis yakuniga ko‘ra, O‘.B. qamoqdan chiqarildi, U.S.ga doir qaror esa keyingi majlisga qoldirildi.

Ushbu ish 2025-yil avgustida Istanbulning Umraniye tumanida yuz bergan qotillik bilan bog‘liq. O‘sha vaqtda turk OAV Ihlamurkuyu mahallasidagi Aytashi ko‘chasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, 1992-yilda tug‘ilgan ayolga hujum qilingani haqida xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ko‘chada ketayotgan paytda noma’lum shaxs tomonidan pichoqlangan. Hodisa joyiga politsiya va tez yordam xodimlari yetib kelgan. Tibbiyot xodimlari ayolning bo‘ynidan jarohat olganini va u voqea joyida vafot etganini aniqlagan.

Dastlabki xabarlarda hujumni amalga oshirgan shaxs voqea joyidan qochib ketgani, politsiya esa uni aniqlash va qo‘lga olish choralarini ko‘rayotgani bildirilgan edi.

Keyinchalik tergov jarayonida O‘zbekiston fuqarosi U.S. o‘z turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishda ayblangani ma’lum bo‘ldi. O‘.B.ga esa jinoyatni sodir etishda yordam berganlik aybi qo‘yilgan.

Navbatdagi sud majlisida O‘.B.ni qamoqda ushlab turish uchun yetarli asos yo‘qligi aniqlanib, u ozod qilindi. U.S. bo‘yicha yakuniy qaror esa keyingi sud majlisida e’lon qilinishi kutilmoqda.

12-sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirib, jasadlarini bo‘laklarga ajratgani aytilgan ikki shaxsga sud hukmi o‘qilgandi. Sud Dilshod Turdimurodov va G‘ofurjon Kamolxo‘jayevning har birini ikki marta og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.