Dunyo

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol doridan zaharlanib vafot etdi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol doridan zaharlanib vafot etdi

Turkiyada 19-sentyabr kuni O‘zbekiston fuqarosi Mohira Meliyeva farmatsevtik vositadan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Bosh konsulxona bergan ma’lumotga ko‘ra, marhuma kasallik paytida uy sharoitida tegishli tibbiy malakaga ega bo‘lmagan shaxslar yordamida davolangan. Davolanish davomida qabul qilingan dori vositalarining nojo‘ya ta’siri sabab uning ahvoli og‘irlashgan, qonida infeksiya rivojlangan va organizmida kuchli reaksiya kuzatilgan. Shunga qaramay, u o‘z vaqtida shifoxonaga yetkazilmagan.

Ahvoli og‘irlashgach, ayol avval Marmara shifoxonasiga, keyin esa jonlantirish bo‘limiga joylashtirish imkoni bo‘lmagani sababli Kartal tuman shifoxonasiga olib o‘tilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Marhumaning jasadi Bosh konsulxona va O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi hamkorligida O‘zbekistonga qaytarilgan.

Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilmaslikka, norasmiy davolanishdan tiyilishga hamda sog‘liq holati keskin yomonlashganda zudlik bilan rasmiy tibbiyot muassasasiga murojaat qilishga chaqirdi.

Holat yuzasidan Bosh konsulxonaga ma’lumot kelib tushgach, Turkiyaning tegishli idoralari bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.