Turkiyadagi o‘zbekistonlik kelin voqeasiga aniqlik kiritildi
Turkiyaning Mugla viloyati Milas tumanida O‘zbekiston fuqarosi M.B. to‘ydan keyin katta miqdordagi tilla va ziynat

Turkiyadagi o‘zbekistonlik kelin haqidagi holatga aniqlik kiritildi
Turkiyaning Mug‘la viloyati Milas tumanida O‘zbekiston fuqarosi M.B. to‘ydan so‘ng katta miqdordagi tilla va ziynat buyumlarini olib, yo‘qolib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, M.B. hech qayerga qochib ketmagan va hozir Milas hududida bo‘lib turibdi. U o‘z ixtiyori bilan politsiya bo‘limiga borib, vaziyat yuzasidan ko‘rsatma bergan.
Fuqaro o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovlarni rad etgan. Uning aytishicha, to‘yda taqilgan tilla buyumlar qaynotasiga topshirilgan, keyinchalik esa ular qarzlarni to‘lash uchun sotilgan. M.B. bu holatni tasdiqlovchi yozishmalar va videomateriallarni Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etganini bildirgan.
Hozirda turk vakolatli organlari tomonidan surishtiruv davom etmoqda. Bosh konsulxona tergov yakuniga qadar bir tomonlama xulosa chiqarmaslik va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.

