Dunyo

Turkiyada ikki nafar o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyada qiyin ahvolga tushgan ikki fuqaroning Vatanga qaytishiga ko‘maklashdi.

Turkiyada qiyin ahvolga tushib qolgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosiga yordam berildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Istanbuldagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi og‘ir ijtimoiy-moliyaviy sharoitda qolgan ikki nayo‘ldoshimizga ko‘maklashib, ularning O‘zbekistonga qaytishiga yordam berdi.

Vaziyatni o‘rganish jarayonida fuqarolarning shaxsiy hujjatlari bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlandi. Ular o‘z fuqarolik pasportlarini uchinchi shaxslarga berib yuborganliklari sababli shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz qolishgan.

Migratsiya agentligi ko‘magida ushbu fuqarolarga zarur konsullik va tashkiliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, ularga O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar sotib olishda ham yordam berildi.

Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolarini fuqarolik pasportlarini boshqa shaxslarga bermaslikka, hujjatlarni ehtiyotkorlik bilan saqlashga va ulardan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishga chaqirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.