Turkiya samolyotlar va dengiz dronlari uçun ulkan aviataşuvçi qurmoqda
Turkiyada qurilayotgan 60 ming tonnali MUGEM aviataşuvçisi samolyotlar bilan birga uçuvçisiz uçiş apparatlari, ekipajsiz katerlar va suvosti dronlarini ham olib yurişi rejalaştirilgan. Mamlakat Harbiy-dengiz kuçlari qömondoni Erjument Tatliöğlining taʼkidlaşiça, u uç turdagi uçuvçisiz va ekipajsiz tizimlarni birlaştirgan dunyodagi ilk aviataşuvçi böladi.

Turkiya samolyotlar va dengiz dronlari uchun ulkan aviataşuvçi qurmoqda
MUGEM qurilishi 2025-yil yanvardan Istanbul harbiy-dengiz kemasozlik zavodida olib borilmoqda. Uni suvga tushirish dastlabki rejaga ko‘ra, 2027-yil sentabrga mo‘ljallangan. Flotga topshirish yoki safga kiritish esa 2032-yilda kutilmoqda.
MUGEM qisqartmasi turkcha Milli Uçak Gemisi — «milliy aviataşuvçi» nomidan olingan. Kema mustaqil loyiha asosida yaratilmoqda va mavjud TCG Anadolu universal desant kemasining o‘zgartirilgan varianti hisoblanmaydi.
285 metrlik kemaga 2500 kishi joylashadi
Loyihaga ko‘ra, aviataşuvchining uzunligi 285 metr, eni 72 metr, suvga botish chuqurligi esa 10,1 metr bo‘ladi. To‘liq suv sig‘imi taxminan 60 ming tonnani tashkil etadi — bu TCG Anadolu ko‘rsatkichidan qariyb 2,2 baravar katta.
Kemaning maksimal tezligi soatiga 48 kilometrdan oshishi, suzish masofasi esa 18 500 kilometrga yetishi ko‘zda tutilgan.
Bortda asosiy ekipaj, uchuvchilar, texnik mutaxassislar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qo‘shib hisoblaganda, 2500 kishigacha joylashishi mumkin.
Harbiy yurishlarda aviataşuvchiga esminetslar, fregatlar va suvosti kemalari hamrohlik qilishi rejalashtirilgan. MUGEM zamonaviy havo hujumidan mudofaa vositalari bilan ham jihozlanadi.
Qanday samolyot va dronlar joylashtiriladi?
Aviataşuvchi 50 dan ortiq turli uchish apparatini olib yurishi mumkin. Uning aviaguruhi asosini Turkiyaning Hürjet o‘quv-jangovar samolyoti tashkil etishi ehtimol qilinmoqda. Hozir ushbu samolyotning palubaga mos versiyasi ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, quyidagi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish rejalashtirilgan:
Kızılelma reaktiv hujumkor droni;
Anka-3 uchuvchisiz apparati;
Bayraktar TB3 droni.
Turkiya Kaan qiruvchisining aviataşuvchidan uchib, uning palubasiga qo‘na oladigan variantini ham ishlab chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, biroq bu ma’lumotlar tasdiqlanmagan.
Kemaning energetik qurilmasi har biri taxminan 23 megavatt quvvatga ega to‘rtta GE LM2500 gaz turbinasidan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Past tezlikda energiya sarfini samarali boshqarish uchun elektr yuritma elementlari ham nazarda tutilmoqda.

