Toşkentda tunda havo sifati yomonlaşişi mumkin
27-oktabrdan 28-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati yomonlaşişi kutilmoqda.

Toşkentda tunda havo sifati yomonlashishi mumkin
Ekologiya qo‘mitasi prognozlariga ko‘ra, kechki va tungi soatlarda havo sifati xalqaro AQI indeksi bo‘yicha «noqulay», milliy indeks bo‘yicha esa asosan «sariq» darajada bo‘ladi.
Bunga tungi soatlarda havo haroratining pasayishi va harorat inversiyasi sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat atmosferaning quyi qatlamlarida havo almashinuvini cheklaydi. Kuchsiz shamol esa mahalliy va qo‘shni hududlardan keladigan ifloslantiruvchi moddalarning tarqalib ketishini sekinlashtiradi.
Kunduzi havo harorati ko‘tarilib, vertikal havo almashinuvi yaxshilanishi bilan inversiya kuchsizlanishi mumkin. Natijada havo sifati asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda.

