21-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent havosida yana o‘zgarish kuzatiladi
21-oktabrga o‘tar kechasi Toshkentda harorat inversiyasi va kuchsiz shamol sababli havo tarkibida PM2,5 hamda PM10 zarralari miqdori ortishi kutilmoqda. Oqibatda tunda va tongda havo sifati 'sezgir guruhlar uchun noqulay' darajaga tushib, ertalab inversiya zaiflashishi bilan yana yaxshilanishi prognoz qilinmoqda.

21-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent havosida yana o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 21-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent havosida yana o‘zgarish kuzatiladi.
Qayd etilishicha, 20-oktabr kuni Toshkent shahrida havo sifati xalqaro AQI bo‘yicha “o‘rtacha” — “sezgir guruhlar uchun noqulay” darajada bo‘lgan.
Prognozlarga ko‘ra, kechqurun atmosfera tarkibidagi PM2,5 va PM10 zarrachalari miqdori oshib, tunda va tongda havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “sezgir guruhlar uchun noqulay”, milliy indeks bo‘yicha esa “sariq” darajada bo‘lishi kutilmoqda.
“Tunda havo haroratining +9 daraja atrofida pasayishi, kuchsiz shamol va kuchli harorat inversiyasi havo almashinuvini cheklaydi. Natijada ifloslantiruvchi moddalar yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planishi mumkin”, — deydi qo‘mita.
21-oktabr ertalab inversiya zaiflashishi bilan havo sifati asta-sekin yaxshilanib, xalqaro AQI bo‘yicha “o‘rtacha” darajaga qaytishi prognoz qilinmoqda.

