Mahalliy

Toşkentda havo sifati özgarişi mumkinligi maʼlum qilindi

Prognozlarga köra, keçki va tungi soatlarda PM zarraçalari miqdori ortib, havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça «noqulay» darajaga yetişi mumkin.

Toşkentda havo sifati özgarişi mumkinligi bildirildi

25-oktabrdan 26-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrida noqulay meteorologik şaroitlar taʼsirida havo sifati özgarişi mumkin, deb xabar berdi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi.

“Prognozlarga köra, keçki va tungi soatlarda PM zarraçalari miqdori ortib, havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça «noqulay» darajaga yetişi mumkin. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa havo sifati «zarğaldoq» darajada bölişi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, tungi va ertalabki vaqtlarda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va kuçli harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Natijada yer yuzasiga yaqin qatlamda PM2.5 va PM10 zarraçalari töplanib, ularning miqdori ortişi mumkin.

Toşkent şahrida 24-oktabrga ötar keçasi ham atmosfera havosi sifati vaqtinça yomonlaşişi mumkinligi xabar qilingandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.