Mahalliy

Toshkentda bugun kechqurun havo sifati yomonlashishi mumkin

Toshkentda bugun kechqurun havo sifati yomonlashishi mumkin

22-sentyabr soat 21:00 dan 23-sentyabr tongi soat 04:00 gacha Toshkentda harorat inversiyasi kuzatilishi kutilmoqda. Bunda yer yuzasiga yaqin havo sovib, yuqoriroq qatlamdagi havo nisbatan iliq bo‘lib qoladi.

Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda ayrim soatlarda shamol tezligi 0,5–1 metr/sekundgacha pasayadi, havoning vertikal aralashuvi esa sekinlashadi. Yog‘ingarchilik kutilmagani sababli PM2,5 va PM10 zarrachalarining yerga yaqin qatlamda to‘planishi uchun sharoit yuzaga kelishi mumkin.

Kutilayotgan holat tufayli 22:00 va 01:00 oralig‘ida Toshkentning aksariyat hududlarida havo sifati AQI bo‘yicha “sezgir guruhlar uchun nosog‘lom” darajagacha yomonlashishi mumkin. Ertalab inversiya zaiflashib, havo sifati asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda.

Shu bois kechki paytlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya etildi. Atmosfera havosi sifati hozirda Maxsus komissiya tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.

18-sentyabr kuni kechqurun Toshkent shahrida atmosfera havosidagi PM2,5 va, ayniqsa, PM10 zarrachalari miqdori qisqa vaqt ichida keskin oshgandi. Maxsus komissiya ma’lumotiga ko‘ra, bunga quruq ob-havo, havoning sust almashinuvi va chang massalarining hududga kirib kelishi birgalikda sabab bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.