Toşkent metrosida beş vagonli poyezdlar qatnovi rejalaştirilmoqda
Toşkent metrosining tört yönalişida tiğiz vaqtlarda poyezdlarni beş vagonli qiliş va qatnov oraliğini 2–3 daqiqagaça qisqartiriş böyiça çoralar belgilaş topşirildi. Avtobuslar qatnovini köpaytiriş va ularga qoidabuzarliklarni qayd etuvçi kameralar örnatiş ham közda tutilgan.

Toşkent metrosida beş vagonli poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 2026-yil 30-oktabrdagi VII-28-180-14-0-K/26-son qarorida belgilangan.
«Toşkent metropoliteni»ga 20-noyabrga qadar «Çilonzor», «Özbekiston», «Yunusobod» va yer usti halqa yo‘lida poyezdlarni beş vagonli qilib shakllantirish hamda intervallarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash topshirilgan. Hujjatda tiğiz vaqtlar sifatida soat 07:30–09:30, 12:00–14:00 va 17:00–19:30 oralig‘i ko‘rsatilgan.
Avtobuslarda esa ertalabki 07:00–09:30 va kechki 17:00–19:30 oralig‘ida asosiy yo‘nalishlarga qo‘shimcha transport chiqarish orqali qatnov intervalini 3–5 daqiqagacha qisqartirish maqsad qilingan. Qarorda 15-noyabrdan boshlab shu bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilangan.
Shuningdek, 20-dekabrga qadar yo‘lovchilar oqimi yuqori bo‘lgan 25 ta yo‘nalishga katta sig‘imli, bo‘g‘inli avtobuslarni safarbar etish tavsiya qilingan. Bunda Uchtepa, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi asosiy yo‘llarga alohida e’tibor qaratiladi.
20 ta avtobus yo‘nalishida kechki qatnovni soat 23:00 gacha uzaytirish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Mas’ullarga 1-dekabrga qadar buni mavjud imkoniyatlar doirasida o‘rganish topshirilgan.
Ro‘yxatga 1-, 14-, 18-, 21-, 24-, 28-, 38-, 44-, 46-, 51-, 58-, 67-, 72-, 85-, 93-, 98-, 115-, 118-, 131- va 147-sonli yo‘nalishlar kiritilgan. Kechki qatnovlarda avtobuslar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi, jadvallar bekatlar va raqamli ilovalarda e’lon qilinishi belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 1-noyabrdan jamoat transporti uchun ajratilgan «A» yo‘laklarida shaxsiy avtomobillarning noqonuniy harakatlanishi va to‘xtab turishiga qarshi reydlar kuchaytiriladi. 15-dekabrga qadar esa avtobuslarning old qismiga qoidabuzarliklarni harakat vaqtida avtomatik qayd etuvchi kameralar o‘rnatish va ularni YHXB yagona bazasiga ulash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi kerak.
Hujjatda haydovchilarning nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilarga pandusni ochib berishi xizmat majburiyati sifatida belgilanishi ham nazarda tutilgan. Bundan bosh tortgan haydovchilarga intizomiy chora ko‘rish topshirilgan.
Qarorda oktabr oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali qariyb 3 ming kishi ishtirokida o‘tkazilgan so‘rov natijalari ham keltirilgan. Qatnashchilarning 85,4 foizi tiğiz vaqtlarda haddan tashqari gavjumlikni, 32 foizi esa bekatda 20 daqiqadan ortiq kutishni qayd etgan. Ayni paytda, ishtirokchilarning 79 foizi transport tizimini umumiy hisobda «qulay» yoki «juda qulay» deb baholagan.

