Mahalliy

Toshkent metrosi besh soatda salkam 300 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

Toshkent metrosi besh soatda qariyb 300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

14-sentyabr kuni soat 05:00 dan 10:00 gacha Toshkent metropolitenidan 288 187 nafar yo‘lovchi foydalangan.

Oliy ta’lim muassasalarida barcha kurslar uchun yangi o‘quv yili boshlanganidan so‘ng jamoat transporti, ayniqsa metro xizmatlariga talab oshgan.

Ushbu vaqt oralig‘ida eng ko‘p yo‘lovchi soat 08:00 dan 09:00 gacha tashilgan — 103 285 nafar. Soatlar bo‘yicha yo‘lovchilar soni quyidagicha qayd etilgan:

05:00–06:00 — 5 806 nafar;

06:00–07:00 — 26 882 nafar;

07:00–08:00 — 92 470 nafar;

08:00–09:00 — 103 285 nafar;

09:00–10:00 — 59 744 nafar.

Yo‘lovchilar oqimining yuqoriligi “Chinor”, “Sergeli”, “Choshtepa”, “Olmazor”, “Chilonzor”, “Buyuk ipak yo‘li”, “Do‘stlik” va “Beruniy” metro bekatlarida kuzatilgan.

Kunning tig‘iz paytlarida poyezdlar harakati oralig‘i qisqartirilgan. Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar 1,5–2 daqiqa, O‘zbekiston yo‘nalishida 3 daqiqa, Yunusobod yo‘nalishida 4 daqiqa, Yer usti halqa yo‘nalishida esa 7–8 daqiqa oralig‘ida harakatlanmoqda.

Metropoliten e’lon qilgan videoda yo‘lovchilar ham poyezdlar avvalgiga nisbatan tez-tez kelayotganini ta’kidlagan.

“Oldin besh-olti daqiqa ham bo‘lib ketardi. Hozir ikki daqiqada kelishyapti. Yaxshi bo‘ldi hozir o‘qish paytida. Nafaqat talabalarga, balki ishlaydigan odamlarga ham yaxshi bo‘ldi, chunki vaqtida ishlariga ham, o‘qishga ham yetib borishadi”, deydi yo‘lovchilardan biri.

Yana bir yo‘lovchi poyezdlar avval 4–5 daqiqada kelganini, hozir esa har ikki daqiqada kelayotganini aytgan.

Boshqa bir yo‘lovchi esa metroni “taksidan ko‘ra tezroq va qulayroq” deb baholagan.

Avvalroq Toshkentda avtobus va metroda yo‘l haqini 2,5 ming so‘mgacha oshirish taklif qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.