Mahalliy

Toshkent metrosida ertalabki tirbandlikka qarshi choralar ko‘rilmoqda

Yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar soni ko‘paytirilib, harakat intervali qisqartirildi

Toshkent metrosida ertalabki tirbandlikka qarshi choralar kuchaytirildi

Toshkent metropolitenida ertalabki gavjum paytlarda yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar soni oshirilib, harakat oralig‘i qisqartirildi.

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi poytaxtdagi transport oqimini, jumladan, metropolitendagi yo‘lovchilar harakatini muntazam kuzatib bormoqda. O‘tkazilgan tahlillar asosida «Toshkent metropoliteni» AJ bilan hamkorlikda amaliy choralar amalga oshirildi.

Jumladan, Chilonzor yo‘nalishida soat 07:00 dan 08:00 gacha avval 27 ta tarkib qatnagan bo‘lsa, yo‘nalishga yana bitta qo‘shimcha tarkib chiqarildi. Endilikda ushbu vaqt oralig‘ida 28 ta tarkib yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston yo‘nalishida esa soat 07:00 dan 10:00 gacha harakatlanadigan tarkiblar soni 16 tadan 18 taga yetkazildi. Shu bilan poyezdlar orasidagi interval 3,5 daqiqadan 3 daqiqaga tushirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yo‘nalishida kun davomida ham poyezdlar orasidagi harakat intervali avvalgi ko‘rsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada qisqartirilgan.

Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yo‘lovchilarning bekatlarda kutish vaqti kamaytirilib, mavjud transport imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish ta’minlanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.