Mahalliy

Toshkent metrosida kunning tigʻiz vaqtlarida poyezdlar harakati intervallari qisqartiriladi

Poyezdlar harakati intervallari Chilonzor yoʻnalishida 1,5–2 daqiqagacha, Oʻzbekiston yoʻnalishida 3 daqiqagacha, Yunusobod yoʻnalishida 4 daqiqagacha va yerusti halqa yoʻli yoʻnalishida 7–8 daqiqagacha qisqartiriladi.

Toshkent metropoliteni yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan yoʻlovchilar sonining koʻpayishiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda metropolitenning rasmiy kanali maʼlum qildi. Maqsad – yoʻlovchilarga qulay, xavfsiz va sifatli xizmat koʻrsatish.

Xabarga koʻra, kunning eng gavjum vaqtlarida barcha yoʻnalishlarda poyezdlar harakati oraligʻi qisqartiriladi:

* Chilonzor yoʻnalishida 1,5–2 daqiqagacha;

* Oʻzbekiston yoʻnalishida 3 daqiqagacha;

* Yunusobod yoʻnalishida 4 daqiqagacha;

* Yerusti halqa yoʻli yoʻnalishida 7–8 daqiqagacha.

Bundan tashqari, 2026-yilgacha metropoliten vagon parkini 14 ta yangi, zamonaviy poyezd bilan toʻldirish rejalashtirilgan. Hozirga qadar ularning 11 tasi yetkazib berilgan, yaqin kunlarda yana 3 ta poyezd olib kelinishi kutilmoqda.

Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bekatlarda xavfsizlikni taʼminlash va yoʻlovchilar oqimini samarali boshqarish maqsadida kunning tigʻiz vaqtlarida barcha 50 ta metro bekatida navbatchilik tizimi joriy etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.