Mahalliy

Toshkentdagi xonadonda 23 nafar chet ellikdan iborat jinoiy guruh fosh etildi

Ular noqonuniy faoliyat yuritayotgan Call markaz orqali mijozlarning mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelgan.

Toshkentdagi xonadonda 23 nafar chet ellikdan iborat jinoiy guruh aniqlandi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida mijozlarning mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga qaratilgan faoliyat yuritib kelgan Call markaz fosh etildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, xonadonlarni tekshirib yurgan ichki ishlar xodimi bo‘sh xonadon yonidan o‘tayotganda undan fuqaro chiqib kelganini ko‘rib, bo‘sh xonadonning toifasini o‘zgartirish maqsadida u bilan suhbatlashgan. Shunda fuqaro xodimga 1000 dollar pora taklif qilgan. Ichki ishlar xodimi jinoiy guruh a’zosi taklif etgan porani qabul qilmagan. Uy xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, har bir xonada 4-5 nafardan fuqaro borligi, jami 23 nafar fuqaro noqonuniy yashab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Shundan keyin Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda u yerdan 80 ta uyali aloqa vositasi, 21 ta noutbuk, 6 ta Wi-Fi routeri va 22 ta pasport ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir chog‘ida guruhning kripto-aktivlar bilan bog‘liq faoliyati ham fosh etilgan. Xususan, 3 nafar chet el fuqarosi belgilangan tartibda litsenziya olmasdan internet kripto-birjalari orqali takroran kripto-aktivlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan. Ularning kripto-aktivlar aylanmasi 27 910,21 USDT’ni (taxminan 329,6 million so‘mni) tashkil etgan.

“Tezkor harakatlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganida, bu yashirin markazning faoliyati yana qancha odamni firibgarlik sxemalari domiga tortishi mumkin edi”, deyiladi xabarda.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu yilning iyul oyida Toshkentda ikkita yirik maxfiy Call markazlar faoliyatiga chek qo‘yilgandi. Tarmoq vakillari chet el fuqarolarini yuqori daromadli investitsiya va kriptovalyuta loyihalari bilan aldab, ularning mablag‘larini o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.