Mahalliy

Toshkentda fuqaro 683 ming dollarlik kriptovalyutani noqonuniy ayirboshlagani aniqlandi

Toshkentda fuqaro 683 ming dollarlik kriptovalyutani noqonuniy ayirboshlagani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda 41 yoshli fuqaro noqonuniy tarzda juda katta miqdordagi kriptoaktivlar aylanmasi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aniqlanishicha, 1985-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan tartibda litsenziya olmasdan, mobil telefoni orqali Binance xalqaro kriptobirjasida maxsus akkaunt ochib, 2021-yildan 2025-yilgacha jami 700 ga yaqin kriptoaktivlar oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirgan. U dastlabki qiymati 683 ming AQSH dollari, ya’ni 9 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan kriptovalyutani qonunga xilof ravishda o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan.

Mazkur holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu yilning mart oyida Namanganda qariyb 1 mlrd so‘mlik noqonuniy kripto operatsiyalari bilan shug‘ullangan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.